KREATIV IQTISODIYOT VA INNOVATSION LOYIHALARNI O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI O'RNI VA ROLI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda kreativ iqtisodiyot va innovatsion loyihalarning O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni hamda roli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Kreativ iqtisodiyot – bu yangi bilim, g‘oya va intellektual mulk asosida shakllanadigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Innovatsion loyihalar esa iqtisodiyotning turli sohalarida samaradorlikni oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanishga imkon beradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kreativ sohalarni qo‘llab-quvvatlash, startaplarni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion ekotizimni shakllantirishga qaratilgan qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ iqtisodiyotning rivoji nafaqat madaniy va ijtimoiy hayotga, balki yalpi ichki mahsulot hajmiga, bandlik darajasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.