Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OʻZBEKISTONDA TIBBIY SUGʻURTANI JORIY ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI

Parmanov Shaxobiddin SadatovichIqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi
2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasini (DTS) joriy etish jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llarini tahlil qiladi. Tadqiqot usullari sifatida normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy ochiq manbalar tahlili, Sirdaryo viloyati pilot tajribasining dastlabki ko‘rsatkichlari sharhi hamda Germaniya, Janubiy Koreya va Turkiya tizimlari bilan qiyosiy tahlil qo‘llanildi. Natijalarda birlamchi bo‘g‘inni kuchaytirish, “pul bemor ortidan ergashadi” tamoyiliga asoslangan moliyalashtirish, yagona axborot tizimi, xizmatlar paketini aniq belgilash va xususiy sektor bilan shartnomaviy hamkorlik, samaradorlikni oshirishini ko‘rsatadi. Munozarada barqaror moliyalashtirish (budjet/soliq bazasini kengaytirish, bosqichmabosqich badallar), hududlararo tenglik, sifat nazorati, korrupsiyaga qarshi shaffof mexanizmlar va aholining xabardorligini oshirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida asoslanadi. Xulosa qilib, DTS’ni bosqichma-bosqich kengaytirish, birlamchi tibbiy yordamga sarmoya va kuchli raqamlashtirish orqali UHC maqsadlariga erishish mumkinligi ta’kidlanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba