Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SHIMOLIY NUROTA TOGʻ TIZMASINING PALEOLIT DAVRI TOPILMAJOYLARI

Baxtiyor SayfullaevY. G‘ Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutiOdil ErgashevSh. R. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiАзиз ИмомовY. G‘ Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutiAlisher RajabovY. G‘ Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutiLaziz UngalovY. G‘ Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutiRo‘ziboy AbduraimovSh. R. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Maqola soʻnggi yillarda Nurota togʻ tizmasining shimoliy qismi janubiy etaklarida joylashgan, Qoʻshrabot tumaniga qarashli Pangat va Minishkor qishloqlari hududlaridan topilgan qadimgi tosh davriga oid topilmalarning texnik-tipologik tadqiqotiga bagʻishlangan. Nurota togʻlari hududi oʻzining qulay paleoekologik sharoitlari bilan ilk paleolit davridanoq ibtidoiy odamlarning eʼtiborini jalb qilib kelgan. Hududdan paleolit davrining barcha taraqqiyot bosqichlariga oid topilmajoylar aniqlandi. Yigʻilgan arxeologik materiallar qadimgi odamlar tomonidan ishlov berilgan tosh buyumlardan iborat boʻlib, ular ishlanish texnikasi va saqlanish darajasiga koʻra toʻrtta kompleksga ajratildi. Ushbu artefaktlar mahalliy kremniylashgan ohaktoshlar, qumtoshlar va slaneslardan ishlangan. Birinchi kompleksga bifaslar, choppinglar, nukleuslar va levallua uchirindilar kiritildi. Bu buyumlar Oʻrta Osiyo hududidan topilgan eng qadimgi materiallardan boʻlib, ashelga oid tosh industriyalar ekanligi aniqlandi va taxminan 500–400 ming yillar bilan nisbiy sanalandi. Ikkinchi kompleks materiallari orasida ham bifaslar va choppinglar mavjud va ular ham ashelga oid deb topilib, taxminan 350–300 ming yillar bilan sanalandi. Bu yerdan topilgan uchinchi kompleks oʻrta va toʻrtinchi kompleks artefaktlari esa soʻnggi paleolit davrlariga oidligi aniqlandi. Nurota togʻ tizmasi hududlari qadimgi tosh davri yodgorliklarini, oʻziga xos madaniyatlarni tadqiq qilish uchun istiqbollarga ega deb topildi. Topilgan tosh qurollar asosida aytish mumkinki, hudud Afrikadan kirib kelgan xomo erektuslarning ikkinchi migratsion toʻlqini vakillari tomonidan oʻzlashtirilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba