KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR, MUAMMO VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqola kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBT) sektorining Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi YaIM va bandlikni ta'minlashdagi hal qiluvchi rolini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda KBT faoliyatidagi zamonaviy tendensiyalarni, xususan, raqamlashtirish va elektron tijoratga oʻtish sur'atlarini oʻrganiladi. Tahlil natijalariga koʻra, sektorning jadal oʻsishiga qaramay, u moliyaviy cheklovlar, infratuzilma muammolari (elektr energiyasi, transport) va ma'muriy toʻsiqlar kabi jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Maqolada Yu. Shumpeterning innovatsion nazariyasi asosida, ushbu sektorni sifatli va innovatsion oʻsish bosqichiga oʻtkazish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot xulosalari va tizimli takliflari KBT ning raqobatbardoshligini oshirish va uning toʻliq salohiyatini roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan.