Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARIDA INSON KAPITALIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Jurayeva Zilola TurobovnaBuxoro davlat universiteti, iqtisodiyot va turizm fakulteti, marketing va menejment kafedrasi dotsenti
2025uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarida inson kapitalidan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Inson kapitali tashkilotning eng muhim strategik resursi sifatida ko‘rib chiqilib, xodimlarning bilim, ko‘nikma, motivatsiya va vakolat darajasi xizmat sifati hamda mijoz qoniqishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Tadqiqotda AMO (Ability–Motivation–Opportunity) va HPWS (High Performance Work System) konsepsiyalari asosida kadrlar tanlash, o‘qitish, rag‘batlantirish, bilim almashish va raqamli HR-analitika tizimlarini joriy etish orqali inson kapitali samaradorligini oshirish yo‘llari taklif etiladi. Natijada, inson kapitali xizmat sifatini yaxshilovchi va korxona rentabelligini oshiruvchi asosiy omil sifatida ilmiy asoslab berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba