IT SOHASIDA TA'LIM BERUVCHI O'QUV MARKAZLARI BITIRUVCHILARINI ISHGA JOYLASHISH KO'RSATKICHLARI VA USHBU SOHADA MAVJUD MUAMMOLARGA YECHIMLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida IT sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat o‘quv markazlari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari, kadr tayyorlovchi ta’lim tashkilotlari va ish beruchi kompaniyalar o‘rtasidagi uzviy bog‘lanish yo‘qligi muammosi hamda uni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” DMning statistik ma’lumotlari, Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hisobotlariga tayangan holda amalga oshirildi. Maqolada ish beruvchilar va ta’lim beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda bitiruvchilarning bandlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan