Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

IQBOL MIRZO IJODINING LINGVOPOETIKASI

2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Iqbol Mirzo ijodining lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoirning poetik uslubida metaforik qatlam, ramziy obrazlar, milliy madaniy kodlar, akustik poetika va kognitiv semantikaning o‘ziga xos namoyon bo‘lishi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot davomida Iqbol Mirzo she’rlarida tilning badiiy-estetik imkoniyatlari keng qo‘llanilishi, lirik qahramonning ichki dunyosi, milliy identitetni ifodalovchi obrazlar sistemasining yaratilishi hamda ritorik va sintaktik qurilmalar orqali matnning poetik kuchi oshirilishi ko‘rsatib beriladi. Maqola shoir lirikasini lingvistik, semantik, pragmatik va kognitiv nuqtai nazardan tahlil qilib, uning poetik tafakkurining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy asosda ochib beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba