Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI AMUDARYO TUMANIDA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Davlatyorova Adolat Qurolboy qiziToshkent davlat iqtisodiyot universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Butun dunyo tajribasida turizm sohasi iqtisodiy o‘sishning muhim qismi, hamda har bir hududning ijtimoiy-madaniy rivojlanishini ta’minlovchi strategik yo‘nalishdir. O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish, ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish davlat siyoyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident farmon va qarorlarida belgilaganidek, turizm infratuzilmasini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turistik marshrutlarni shakllantirish orqali mamlakatimizning har bir hududida aholi bandligini ta'minlash va yangi daromad manbalarini yaratish ko'zda tutilgan.Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi noyob tarixiy merosi, Orol dengizi fojiasidan keyingi ekologik muammolar va madaniy xilma-xilligi bilan alohida ahamiyatga ega. Biroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim tumanlari, jumladan, Amudaryo tumani, o'zining katta ichki turizm salohiyatiga qaramay, hali ham past darajada rivojlangan hududlar qatoriga kiradi. Tumanda joylashgan tarixiy obidalar, Amudaryoning tabiiy landshaftlari va mahalliy aholining madaniy an'analari ichki turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyat yaratadi. Bu vaziyat Amudaryo tumanida ichki turizmni rivojlantirishga to'siq bo'layotgan infratuzilmaviy va marketing muammolarini ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu hududda turizm salohiyatini aniqlash, uni iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan baholash va amaliy takliflar ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar yetarli emas. Shu sababli, Amudaryo tumanida ichki turizmni rivojlantirishning ilmiy asoslangan mexanizmlarini ishlab chiqish mavzusi nazariy va amaliy jihatdan nihoyatda dolzarbdir.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar