POLIMER SANOATDA RESURS TEJAMKOR TEXNOLOGIYA: TOLALI VA DISPERSION TO'LDIRUVCHILAR ASOSIDAGI KOMPOZIT MATERIALLARNING IQTISODIY SAMARADORLIK TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot polimer sanoatida resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish sharoitida tolali va dispersion to‘ldiruvchilar asosida olinadigan kompozit materiallarning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda xomashyo sarfini kamaytirish, ikkilamchi resurslardan foydalanish, energiya tejamkor ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi. Kompozit materiallarning mexanik va ekspluatatsion xossalarini saqlagan holda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlari baholandi. Olingan natijalar polimer sanoatida barqaror rivojlanish, raqobatbardoshlikni oshirish va ekologik samaradorlikni ta’minlash uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.