TABIIY TILNI QAYTA ISHLASHDA YANGI ALGORITMLAR VA ULARNING DASTURIY TA'MINOTI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) bo‘yicha yaratilayotgan zamonaviy algoritmlar, ular asosidagi arxitekturalar va dasturiy ta’minot yechimlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Transformerlar, diqqat mexanizmi, yengillashtirilgan neyron tarmoqlar va statistik modellarning integratsiyasi kabi ilg‘or yondashuvlarning nazariy hamda amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. NLP algoritmlarining matnni tasniflash, sentiment tahlili, avtoanotatsiya, chat-botlar va mashinaviy tarjima tizimlarida qo‘llanish samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari asosida algoritmlarni optimallashtirish va tegishli dasturiy ta’minotni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar berilgan.