BIBLIOGRAFIK YOZUVLARNI AVTOMATIK BOG'LASHDA LEVENSHTEIN MASOFASIGA ASOSLANGAN O'XSHASHLIKNI ANIQLASH
Annotatsiya
Maqolada bibliografik yozuvlarni avtomatik bog‘lash (record linkage) jarayonida satrlar o‘xshashligini aniqlash uchun Levenshtein masofasiga asoslangan yondashuv taklif etiladi va baholanadi. Bibliografik ma’lumotlar bazalarida muallif ismi, asar nomi, nashriyot, nashr yili kabi maydonlarda uchraydigan imlo xatolari, transliteratsiya farqlari, qisqartmalar hamda formatlash nomuvofiqliklari yozuvlar o‘rtasida “yo‘qolgan” bog‘lanishlarni keltirib chiqaradi va qidiruv natijalarining aniqligi hamda to‘liqligini pasaytiradi. Tadqiqot doirasida bibliografik yozuvlar atributlari oldindan normalizatsiya qilinib, Levenshtein masofasi asosida normallashtirilgan o‘xshashlik ko‘rsatkichi hisoblandi va moslikni qabul qilish uchun chegara (threshold) qiymatlari sinovdan o‘tkazildi. Eksperimental natijalar threshold tanlovi precision va recall ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvozanatga bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatdi hamda amaliy sharoitda Levenshtein masofasi “kandidat juftliklar”ni ajratish va dastlabki bog‘lash bosqichida samarali yechim bo‘lishini tasdiqladi.