РЕЗУЛЬТАТЫ ПРИМЕНЕНИЯ 6-БЕНЗИЛАМИНОПУРИНА НА ПРОДУКТИВНОСТЬ ОЗИМЫХ ЗЕРНОВЫХ КУЛЬТУР В УСЛОВИЯХ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН
Annotatsiya
Maqolada tuproq sho'rlanishining kuzgi bug'doy va kuzgi arpa o'simliklariga salbiy ta'sirini kamaytirishda 6-benzilaminopurinning samaradorligini aniqlashga qaratilgan ikki yillik tajriba natijalari keltirilgan. Qoraqalpog'istonning sug'oriladigan yerlarida kuzgi bug'doy va kuzgi arpaga 6-benzilaminopurin bilan barg orqali (foliar) ishlov berildi. 2023–2024-yillardagi tajriba natijalariga ko'ra, mazkur modda qo'llanilganda o'rganilgan ekinlarda boshoq vazni hamda bir boshoqdagi donning o'rtacha massasi yaxshilangani aniqlandi. 2024–2025-yillardagi dala tajribasi natijalariga ko'ra esa, kuzgi bug'doy va kuzgi arpaning fitogormonlar bilan ishlov berilishi umumiy va mahsuldor tuplanishni yaxshilab, natijada hosildorlikning oshishiga olib keldi: kuzgi bug'doyda 14 %, kuzgi arpada esa 9 %.