Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FARG'ONA VILOYATINING ESKIDAN SUG'ORILGAN TIPIK BO'Z TUPROQLARI VA MALINA O'SIMLIGINING TARKIBI

2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada Farg'ona viloyatining eskidan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarining morfogenetik xususiyatlari, fizik va kimyoviy xossalari hamda malina (Rubus idaeus L.) o'simligining o'zaro biogekimyoviy xususiyatlari o'rganilgan. Tadqiqotda tuproq namunalari va malina organlaridagi kimyoviy element tarkibi neytron-aktivatsion usul yordamida tahlil qilish hamda olingan natijalar matematik qayta ishlash usullari yordamida aniqlangan. Malina o'simligi ildiz, tana, barglari va mevalaridagi asosiy oziq elementlari hamda mikroelementlar (Со, Mn, Zn) nisbati tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra, eskidan sug'orilgan tipik bo'z tuproqlar o'rtacha unumdorlikka ega bo'lib, malina o'simligi uchun yetarli oziqa muhitini ta'minlashi aniqlangan. Shuningdek, tadqiqot natijalari Farg'ona vodiysi sharoitida malina yetishtirish samaradorligini oshirish va tuproq unumdorligini saqlash bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba