MINERAL O'G'ITLARNI ALOHIDA HAMDA ORGANIK O'G'ITLAR BILAN BIRGALIKDA QO'LLASHNING TUPROQ TARKIBIDAGI HARAKATCHAN OZIQA ELEMENTLAR MIQDORIGA TA'SIRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarda mineral o'g'itlarni alohida hamda organik o'g'itlar bilan birgalikda qo'llashning tuproq tarkibidagi harakatchan oziqa elementlari miqdoriga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqotlar g'o'zaning "S-6524" navi misolida olib borilib, azotning nitrat va ammoniy shakllari, harakatchan fosfor hamda almashinuvchan kaliy dinamikasi vegetatsiya davri davomida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, mineral va organik o'g'itlarni birgalikda qo'llash tuproqning oziqa rejimini barqarorlashtirib, harakatchan azot, fosfor va kaliy miqdorining oshishiga olib keladi. Ayniqsa, N250P180K125 kg/ga + 20 t/ga go'ng qo'llanilgan variant eng yuqori ko'rsatkichlarni namoyon etdi. Uzoq muddatli lizimetrik tajribalar tuproqdagi gumus va oziqa elementlari zaxirasining ortishini tasdiqladi.