Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlari harakatini tashkil etish jozibadorligini oshirish

Dilmurod ButunovToshkent davlat transport universitetiShahriyor DaminovToshkent davlat transport universitetiShaxzod ErgashevToshkent davlat transport universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashish logistikasida shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlar harakatini tahlil qilishdan iborat. Shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlari harakatini tashkil etishda Toshken va Xojikent shaharlari yo‘nalishida harakat qilayotgan poyezdlar harakati o‘rganib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan Toshkent-Xojikent-Toshkent va Toshkent-Chinorkent-Toshkent (ekspress) poyezdlar harakati yo‘nalishidagi stansiyalar va to‘xtash punktlari joylashuv holati grafik usulda taqdim etildi. Toshkent shahriga yaqin atrof shaharlardan keluvchi aholi orasida shahar atrof poyezdlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari past ekanligi aniqlandi. Bunda asosiy sabablardan biri sifatida Toshkent-Xojikent-Toshkent va Toshkent-Chinorkent-Toshkent (ekspress) poyezdlar harakati yo‘nalishidagi vokzal, stansiya va to‘xtash punktlari joylashuvi aholiga noqulay ekanligi aniqlandi. Shu sababli shahar atrofi poyezdlar harakatini tashkil etishda Germaniya tajribasidan foydalanish taklif etildi. Bu orqali shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlar harakatini aholi orasida jozibadorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba