Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Poyezd tuzuvchilarining jarohatlanish sabablarini o‘rganishga oid eksperimental tadqiqotlar natijalarining tahlili

Miraziz TalipovToshkent davlat transport universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada poyezd tuzuvchilarining jarohatlanish sabablarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, obyektiv va subyektiv omillarni tahlil qiladi. Obyektiv omillarga ish joylarining yomon yoritilishi, maxsus kiyim-bosh va poyabzal sifatsizligi, ish sharoitlari va meteorologik holatlar kiradi. Subyektiv sabablar esa ehtiyotsizlik, charchoq va harakat sifatlarining yetishmasligini o‘z ichiga oladi.So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, jarohatlarning asosiy sabablari zinapoyalarning silliqligi, maxsus kiyim va poyabzalning qulay emasligi, shuningdek, smena oxiridagi charchoqdir. Baxtsiz hodisalarning ko‘pchiligi harakatlanayotgan vagondan tushish va zinapoyalardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi.Tadqiqot xulosalari poyezd tuzuvchilarining jismoniy va asab-ruhiy tayyorgarligini oshirish, maxsus himoya vositalarining sifatini yaxshilash hamda texnik vositalarni takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, xavfsizlikni ta’minlash uchun kasbiy muvofiqlikni baholash va xavf omillarini kamaytirishga yo‘naltirilgan usullar ishlab chiqish taklif etiladi

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba