Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Geosintetik materiallarni qo‘llagan holda yer polotnosi qiyaliklarini eroziya jarayonidan himoyalash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar

K. S. LesovToshkent davlat transport universitetiA. O‘ralovToshkent davlat transport universitetiJamshid YuldashaliyevToshkent davlat transport universiteti
2025

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Yer polotnosiga bir vaqtning o’zida turli kuchlar va tabiiy jarayonlar ta’sir qiladi. Ulardan biri esa eroziya jarayonidir. Eroziya jarayonida yer polotnosiga shamol va suv ta’siridan turli darajada yuvilib ketishlar, mayda irmoqchalar va o’rta darajada jarliklar yuzaga kelishi mumkin, bu grunt turi, joy nishabligi, hududdagi yog’ingarchilik miqdori va shamol tezligi kabi ko’plab omillarga bog’liq. Yer poltnosini eroziya jarayonidan himoyalashning dunyo bo‘ylab qo‘llanilib kelinayotgan ko‘plab usullari mavjud. Ushbu maqolada O’zbekiston temir yo’llarida muhim qismi hisoblangan Buxoro-Misken cho‘l hududlarida joylashgan temir yo‘llar yer polotnosini eroziya jarayonidan himoyalashda butun dunyo amaliyotida keng qo‘llanilayotgan geosintetik materiallarni qo‘llash va cho‘l o‘simliklarini ekish (biologik) usullari ko‘rilgan.Eksperimental tadqiqot natijalari temir yo‘l yer polotnosi qiyaligini eroziya jarayonidan himoyalashda ijobiy samarasini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba