RUBUS IDAEUS L. VA RUBUS CAESIUS L. O‘SIMLIKLARINING MEVALARI TARKIBIDAGI KIMYOVIY ELEMENTLAR MIQDORINI ANIQLASH
Sadoqat Abdullajonovna KarimovaFergana State UniversityMukammal Yormuhamatovna ImomovaFergana State University
2025
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yetishtiriladigan Rubus idaeus L. (malina) va Rubus caesius L. (ko‘kimtir maymunjon) o‘simliklarining kuz mavsumida yig‘ib olingan rezavor mevalarining tarkibidagi makro- va mikroelementlari miqdorini aniqlash usullari haqida bayon etilgan. Kimyoviy elementlar miqdorini aniqlashda induksion bog‘langan plazmali optik emission spektometriya usulidan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra namuna tarkibida kaliy, magniy, fosfor, natriy kabi elementlar boshqa elementlarga qaraganda ko‘proq ekanligi aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba