Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

JINOYAT SUBYEKTINI TAVSIFLOVCHI BELGI SIFATIDA RETSIDIV

Dilnoza Y. KaraketovaDepartment of Criminal Law, Criminology and Anti-Corruption , TSUL ,
2025
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqola jinoyat subyektini tavsiflovchi fakultativ belgi sifatida jinoyatlar retsidivining jinoyat-huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan. Muallif o‘z tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida xavfli va o‘ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etilganligini kvalifikatsiyaviy belgi sifatida nazarda tutishning zarurati, retsidivning takroran jinoyat sodir etish va jinoyatlar majmuidan farqlovchi jihatlarini yoritgan. Maqolada jinoyatlar retsidivining ijtimoiy-huquqiy tabiati, uning jinoyat subyektining shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liqligi, sud-tergov amaliyotida uni baholash masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligining retsidiv tushunchasiga oid normalari o‘rganilgan. Muallif jinoyatlar retsidivini shaxsning jinoyatga moyilligi va ijtimoiy xavflilik darajasini oshiruvchi omil sifatida baholash zarurligini qayd etgan va retsidiv nafaqat jinoyat huquqida javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida, balki shaxsning huquqiy portretini ifodalovchi muhim belgi sifatida ham qaralishi lozimligi asoslab bergan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba