Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

GERBITSIDLARNING TUPROQ MIKROORGANIZMLARI BIOXILMA XILLIGIGA TA’SIRI

Rohila JURAEVAO‘zR FA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.f.nMaftuna IBODULLAEVAO‘zbekiston Milliy universiteti magistrantiRustambek ErgashevSoxibjon ABDUSAMATOVO‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Toshkent viloyati Paxtachilik, urug‘chilik va agrotexnologiya ilmiy-tadqiqot instituti Oqqo‘rg‘on ilmiy tajriba stansiyasi paxta maydonlari tipik bo'z tuproqlarida begona o'tlarga qarshi qo'llanilgan gerbistidlarning (A-STOMP, GIANT 330 EC va Chemzlak-18%) mikroorganizmlar bioxilma-xilliginiga ta’siri o'rganilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra A-STOMP va GIANT 330 EC gerbistidlar qo‘llanganda mikroorganizmlarning umumiy miqdori nazoratga nisbatan kamayishi, Chemzlak-18% foydalanganda esa nazoratga nisbatan mikroorganizmlar umumiy miqdorining ko‘payishi qayd etilgan. Ajratib olingan mikroorganizmlarning morfologik-kultural xususiyatlarini o‘rganish davomida ularning taksonomik tarkibi sezilarli darajada farq qilishini aniqlangan. Nazorat va eksperimental variantlarda Bacillus avlodi bakteriyalari dominantlik qilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba