Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INDOKSAKARB BILAN INTOKSIKATSIYALANGAN HOMILADOR KALAMUSHLARNING QON PLAZMASIDAGI TRANSFERAZA FERMENTLARI VA BILIRUBIN MIQDORIGA AYRIM FLAVONOIDLARNING TA’SIRI

Mashhura ABDURAXMANOVAAndijon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhDMa’murjon POZILOVO‘zbekiston Milliy universiteti professori, biologiya fanlari doktoriParida MIRXAMIDOVAO‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, biologiya fanlari doktoriS. Z. NishanbaevO‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti professori, kimyo fanlari doktoriBaxodir OXUNDEDAEVO‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti kichik ilmiy xodimi, PhDDilnoza AXMEDOVAO‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti tayanch doktoranti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu ishda indoksakarb pestitsidi bilan intoksikatsiyalangan homilador kalamushlarning qon plazmasidagi transferaza fermentlari va bilirubin miqdoriga soforoflavonozid (SFL) va narsissin flavonoidlarining ta’siri o’rganilgan. Homiladorlikning 3- va 13-kunlarida kalamushlarni indoksakarb pestitsidining 1/10 LD50 dozasi bilan bir martalik zaharlantirilgan hamda shu kundan boshlab 7 kun davomida 10 mg/kg dozadan nartsissin va SFL flavonoidlari peroral usulda yuborilgan. Tajriba kalamushlari IV guruhga ajratib o’rganilgan. Flavonoid birikmalar indoksakarb bilan zaharganlagan homilador kalamushlarning alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST) va umumiy bilirubin miqdorini kamaytirganligi aniqlangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba