Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Orqa miya shikastlanishlaridan so‘ng harakat faoliyatini tiklashda robotlashtirilgan reabilitatsiya tizimlarining samaradorligi

2025uz
ABI

Annotatsiya

Orqa miya shikastlanishi zamonaviy tibbiyotda og‘ir asoratlar keltirib chiqaradigan muammolardan biridir. Ushbu tadqiqot robotlashtirilgan reabilitatsiya tizimlarining harakat faoliyatini tiklashdagi samaradorligini ilmiy asoslashga qaratilgan. Eksoskelet, Lokomat va elektromexanik kabi zamonaviy trenajyor-texnologiyalar neyroplastiklik jarayonlarini faollashtirib, motor tiklanishini tezlashtiradi. Klinik kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, robotlashtirilgan tizimlar an’anaviy fizioterapiya bilan birgalikda qo‘llanilganda bemorlarning funksional tiklanishi sezilarli darajada yaxshilanadi. Tadqiqot natijalari reabilitatsiya sohasida yangi protokollar ishlab chiqish uchun ilmiy asos yaratadi va individuallashtirilgan davolash dasturlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba