Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yuk vagonlarini nadressor balkasini mustahkamligini hisoblash metodikasi

Dilmira ValievaToshkent davlat transport universitetiSherali MamayevToshkent davlat transport universitetiNodirjon TursunovToshkent davlat transport universitetiShukurali TursunovToshkent davlat transport universitetiLazizbek SattarkulovToshkent davlat transport universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada yuk vagonlarining ressor usti balkasida yuzaga keladigan nosozliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.Tadqiqotda yuk vagonlari ressor usti balkasida yuzaga keladigan asosiy nosozliklar aniqlangan. Ular qatoriga yuk ko‘tarish qobiliyatidan maksimal foydalanish natijasida balkaning charchashi, quyma nuqsonlari va ekspluatatsion jarayonda yuzaga keladigan yoriqlar kiradi. Bu kabi nosozliklar poezd harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatib, halokatlar va avariyalarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan.Yuk vagonlari konstruksiyasini takomillashtirish maqsadida SolidWorks va HyperWorks muhandislik dasturlari orqali 3D modellar yaratildi va chekli elementlar usulida tahlil o‘tkazildi. Natijalar yuklangan holatda balkada paydo bo‘ladigan kuchlanish miqdorlarini aniqlash imkonini berdi. Turli yuklanish sxemalari tahlil qilinib, ressor usti balkasining mustahkamligini oshirish uchun optima konstruksiya parametrlari taklif qilindi.Tadqiqot natijalari ressor usti balkasini loyihalashda yangi materiallar va texnologik echimlardan foydalanish zarurligini ko‘rsatdi. Bu esa vagonlar xizmati muddatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba