Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yuk avtomobillarida telematikani qo‘llash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirish

Dildora AbdurazakovaToshkent davlat transport universitetiShaukat KhakimovToshkent davlat transport universitetiD. OdilovToshkent davlat transport universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada Farg‘ona vodiysining muhim magistral yo‘nalishi — Qo‘qon–Farg‘ona oraliqlarida yuk avtomobillari ekspluatatsiyasi samaradorligini oshirish maqsadida Intellektual Transport Tizimlari (ITS) doirasidagi Yoqilg‘i Darajasi Sensorlarini (DUT) qo‘llashning amaliy-analitik yondashuvi tadqiq etilgan. Maqolada transport xarajatlarining 40−60% ini tashkil etuvchi yoqilg‘i sarfini an’anaviy usullar (yuqori xatolik ±10−20%) bilan ishonchsiz monitoring qilish muammosi ko‘tarilgan. Tadqiqotning asosiy metodologiyasi DUT-E Kapasitiv sensorlarini (aniqlik ≤1% ) GPS/GLONASS trekkeri orqali birlashtirishga va olingan ma’lumotlarni Bulutli FMS/Telematika Dasturi orqali tahlil qilishga asoslangan. Amaliy sinovlar "AVTOGIGANT DANGARA" MChJ korxonasi misolida o‘tkazilgan. Natijalar DUT tizimini joriy etish orqali yo‘l sarfining 6.43% gacha qisqarganini (haydovchi intizomini oshirish hisobiga) va turish sarfining 33.33% ga kamayganini ko‘rsatdi. Shuningdek, tizim orqali drenaj (o‘g‘rilik) holatlari 100% nazoratga olinib, oldi olingan. Hisob-kitoblar, masalan, ISUZU avtobusiga qo‘yilgan DUT qurilmasi ≈7 oyda o‘zini oqlashini ko‘rsatgan. Xulosa DUT/ITS tizimining logistika korxonalari uchun katta iqtisodiy samara keltirishini ilmiy jihatdan asoslaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba