Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yer polotnosi asosiy maydonchasini mahalliy armirlashni hisobga olgan holda rels choklari zonasidagi dinamik kuchlanishlarni hisoblashning takomillashtirilgan metodikasi

Mirzaxidova Ozoda MirabdullayevnaToshkent davlat transport universitetiМухамедали КенжалиевToshkent davlat transport universitetiK. S. LesovToshkent davlat transport universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada temir yo‘l rels choklari zonasida 160–200 km/soat tezlikda harakatlanayotgan poyezdlar ta’sirida yuzaga keladigan vertikal dinamik kuchlanishlarni aniqlash va baholashga qaratilgan. Hisoblashlar g‘ildirak–rels o‘zaro ta’siridagi zarbali yuklanishlar, chokdagi tirqishlar, vibratsion effektlar va yukning shpallar bo‘yicha notekis taqsimlanishini inobatga olgan holda olib boriladi. Metodika asosida statik va dinamik kuchlanishlar ustma-ust qo‘yilib, to‘liq kuchlanish aniqlanadi. Geosintetik materiallar bilan lokal armirlashning samaradorligi chuqurlik bo‘yicha kuchlanishlarni kamaytirish orqali baholanadi. Hisoblashlar rels chokining har ikki tomonida 6–10 ta shpal oralig‘ida (jami 12–20 ta) amalga oshiriladi. Olingan natijalar yer polotnosining deformatsiyaga chidamliligini oshirish, me’yoriy kuchlanish chegaralariga rioya etilishini ta’minlash va armirlash zonasining optimal uzunligini aniqlashda qo‘llaniladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba