Frezali-kultivatorning faol ishchi qismlarining oʻtmaslasish darajasi va uni agrotexnik ish koʻrsatkichlariga ta’siri
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida frezali-kultivatorlarning ahamiyati va ularningishchi organlarining yeyilish muammolari batafsil tahlil qilingan. Freza pichoqlarining yeyilishi tuproqqaishlov berish sifatini sezilarli darajada pasaytirishi, begona o‘tlarni samarali yo‘q qilmasligi va shu bilanbirga ishlab chiqarish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Tadqiqotlarda tuproqningfizik-mexanik xossalari - zichlik, qattiqlik, namlik va abraziv zarrachalar miqdori - freza ishchiqismlarining xizmat muddatiga bevosita ta’sir qilishi ilmiy asos bilan ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek,ishchi organlarning xizmat muddatini oshirish maqsadida yuqori uglerodli po‘latlardan foydalanish, turlitermik ishlov berish usullarini qo‘llash hamda yeyilishga chidamli qoplamalarni tatbiq etishningsamaradorligi keltirilgan. Maqolada mahalliy va xorijiy tajribalarni solishtirish orqali frezapichoqlarining konstruktiv material turi va termik ishlov berish darajasining yeyilish darajasiga ta’siritahlil qilingan. Muallif tomonidan frezali kultivator ishchi organlarining resursini oshirishga qaratilganistiqbolli texnologik yechimlar, jumladan innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahalliyxomashyolardan oqilona foydalanish va dala sharoitida keng qamrovli sinovlarni davom ettirish bo‘yichatavsiyalar berilgan. Ushbu natijalar qishloq xo‘jaligi mashinalarining samaradorligini oshirish, ishlovberish sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish resurslarini optimallashtirishga ilmiy asos yaratadi.
Hali tarjima qilinmagan