Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Raqamli texnologiyalar asosida tezkor texnologik aloqa tarmoqlarini tashkil etish va samaradorligini tahlil qilish

A KhurramovToshkent davlat transport universiteti
2025

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston temir yo‘llarida raqamli aloqa yechimlarini joriy etish va sinovdan o‘tkazishgabag‘ishlangan. Tajriba sinovlari Toshkent–Yangi Chinaz uchastkasida, xususan Toshkent-yo‘lovchi,Hamza va To‘qimachi stansiyalarida amalga oshirildi. Natijalar tarmoqning yuqori ishonchliligi,barqarorligi hamda ITU-T, MEF va RFC kabi xalqaro standartlarga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi [1].Magistral darajadagi tizim 100 gigabit/soniyagacha o‘tkazuvchanlikni deyarli xatoliklarsiz ta’minladi.Mintaqaviy va chekka tugunlarda esa Ethernet asosidagi xizmatlar va an’anaviy vaqt bo‘yichamultiplekslash xizmatlari, jumladan E1 va tonal chastota kanallari integratsiya qilindi. Zaxiralashmexanizmlari 40 millisekunddan kam tiklanish vaqtini ko‘rsatdi. Markazlashtirilgan boshqaruv tizimiesa monitoring, nosozliklarni aniqlash va xizmat sifatini boshqarishni samarali ta’minladi. Olingannatijalar raqamli yechimlar aloqa tizimining ishonchliligi va samaradorligini sezilarli darajadaoshirishini, xizmat xarajatlarini kamaytirishini hamda temir yo‘l tarmoqlarida raqamli transformatsiyauchun mustahkam asos yaratishini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba