Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Taqsimlangan generatsiya asosidagi mikrogridlarning ishlash rejimlari va boshqaruv muammolari

Jamshid TolipovOʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari institutiAzimjon SaidovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiSodiqjon MahamadjonovAndijon davlat texnika instituti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada taqsimlangan generatsiya asosidagi mikrogridlarning ishlash rejimlari va boshqaruv muammolari tahlil qilingan. Mikrogridlarning tarmoqqa ulangan (grid-connected) va avtonom (islanded) rejimlari texnik, iqtisodiy va ekologik jihatdan solishtirilgan. Tarmoqqa ulangan rejimda quvvat oqimining ikki yo‘nalishli bo‘lishi, himoya tizimlari koordinatsiyasi, teskari quvvat oqimini boshqarish va garmonik buzilishlarni kamaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Avtonom ish rejimida esa inertsiya zaxirasining kichikligi, chastota barqarorligini ta’minlash, energiya saqlash tizimlari talablari va mahalliy resurslarni muvofiqlashtirish muammolari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har bir rejim uchun samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish mikrogridlarning ishonchlilik va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba