Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Internet of Things texnologiyalarini transport vositalarning gaz ta’minot tizimi ekspluatasion ishonchliligini oshirishda qo‘llash

Abdunabi TadjibayevToshkent davlat transport universitetiVasik U. JovliyevToshkent davlat transport universitetiNafosat BoltabayevaToshkent davlat transport universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Siqilgan tabiiy gaz (STG) yonilg‘isida ishlovchi transport vositalarining gaz ta’minot tizimining ekspluatatsion ishonchliligini oshirishda Internet of Things (IoT) texnologiyalarining qo‘llanilish imkoniyatlari va natijalari tahlil qilish. Ushbu tadqiqot ishida bosim, harorat, oqim va gaz sizish sensor(datchik)lari, edge qurilmalar (ESP32, Raspberry Pi) va ThingsBoard bulutli platformasiga asoslangan monitoring tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim real vaqt rejimida ma’lumot yig‘ish, ogohlantirish va diagnostika funksiyalarini bajarar ekan, servis intervallarini optimallashtirishga yordam berdi. IoT tizimi joriy etilgach, tizim elementlarning buzilmasdan ishlash ehtimolligi oshadi, buzilish va nosozliklar sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Tizimning samaradorligi eksperimental tadqiqot natijalariga ko‘ra buzilish funksiyalari vujudga kelishini kamaytirish, ishonchlilikning buzilmaslik xususiyati va texnik servis hamda joriy ta’mirlash ishlari tahlili asosida baholandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba