Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Ko‘cha chetida turargoh qidirgan avtomobillarning tirbandlikdagi ulushini hisoblash uslubi

Gulira’no XalilovaToshkent davlat transport universitetiA. RaxmonovToshkent davlat transport universitetiRustam SamatovToshkent davlat transport universiteti
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada, shahar markaziy ko‘chalarida ayniqsa, atrofida ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar ko‘p bo‘lgan ko‘chalarda turargoh qidirish, ko‘cha chetida to‘xtab turish holatlarini uchratamiz. Yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobillar sababli yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayishi, tirbandlikning ortishi va to‘xtamoqchi bo‘lgan avtomobillarning yo‘ldan o‘tayotgan transport oqimiga halaqit berish holatlariga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Ko‘chada turargoh qidirib yurgan transport vositalarining tirbandlikdagi ulushini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.Ko‘cha chetida to‘xtab turgan transport vositalarining umumiy yo‘ldagi avtomobillarga ko‘rsatadigan ta’siri tadqiq qilinib, tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada Chorsu bozori atrofi Beruniy, A.Navoiy, Sakichmon ko‘chalari kuzatish, matematik hisob-kitoblar usullari orqali yo’ldagi transport vositalariga ko‘cha chetiga to‘xtab turgan va to‘xtamoqchi bo‘lgan avtomobillarning ta’siri hisoblab chiqilgan. Shu bilan birga ko‘cha chetida to‘xtab turgan avtomobillarning tirbandlikdagi ulushi hisoblab topilgan. Ushbu ulush tadqiq etilgan ko‘chalarda o‘rtacha 32 % ni tashkil etgan. Avtomobillarning ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar atrofida avtoturargohga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lganligi sababli, ko‘chada joy izlab yurish vaqti tadqiq etilganda o‘rtacha 6-10 minutni tashkil etishi aniqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba