Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Shahar yo‘lovchi tashish tizimining tarkibiy elementlari o‘rtasidagi bog‘lanishni ekonometrik modellashtirish (Nukus shahri misolida)

Davron Yo‘ldoshevToshkent davlat transport universitetiAynura Kunnazarova
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada shahar yo‘lovchi tashish tizimi samaradorligini oshirish muammosi Nuqus shahri misolida ekonometrik modellashtirish asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda yo‘lovchi oqimini shakllantiruvchi demografik, infratuzilmaviy, tashkiliy va iqtisodiy omillar o‘zaro bog‘liq holda baholanib, ko‘p omilli regressiya modeli qo‘llanilgan. Korrelyatsion tahlil aholi zichligi, harakat intervali va qatnovlar sonining asosiy ta’sir etuvchi omillar ekanini ko‘rsatdi. Qurilgan model yuqori aniqlikka (R² = 0.958) ega bo‘lib, F-kriteriy orqali uning statistik ahamiyatliligi tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari transport xizmatlarini rejalashtirishda statistik modellashtirishdan foydalanish qaror qabul qilish samaradorligini oshirishini, transport oqimini optimal boshqarish imkonini beradigan ilmiy-amaliy asos yaratishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ishda yaratilgan matematik modellar transport tizimini raqamli tahlil qilish, yo‘nalish tarmoqlarini optimallashtirish va jamoat transportining raqobatbardoshligini ta’minlashda qo‘llanilishi mumkinligi asoslanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba