Ziyorat turizmi rivojlanishida yangi tendensiyalar
Annotatsiya
Maqolada hozirgi davrda ziyorat turizmini oʻrganish borasidagi qarashlarning oʻzgarish tendensiyalari bayon etilgan. Xorijlik mutaxassislarning koʻp yillik ilmiy ishlari tahlili deyarli har bir tadqiqotda ziyorat va turizm oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, ziyoratchilar va sayyohlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqlar masalasi koʻtarilishini koʻrsatganligi ta'kidlab oʻtilgan. Bunda ziyorat turizmi tushunchasining ma'nosi kengayib borayotganligi, ziyorat obyektlari xususiyatlari tubdan oʻzgarib borayotganligi ta'kidlangan, turizmda barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda ziyorat turizmida raqamli texnologiyalarni qoʻllash masalalari koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga, diniy turizm va ilmiy diniy turizmning ziyorat manzillariga ta'siri tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Turizmni raqamlashtirish esa ziyorat obyektlarini tashkil etish va ularga xizmat koʻrsatishda yangi imkoniyatlar yaratishiga maqolada alohida urg'u beriladi.