Umumiy o'rta ta'lim sifatini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish masalalari
Annotatsiya
Maqolada umumiy o'rta ta'lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari nazariy va amaliy asosda yoritiladi. Ta'lim sifati monitoringini tashkil etishda Context – Input – Process – Product modeli (CIPP modeli), Plan – Do – Check – Act sikli (PDCA sikli), Total Quality Management konsepsiyasi (TQM konsepsiyasi) hamda sinergetik yondashuvning qo'llanishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Mazkur yondashuvlarning integratsiyasi ta'lim tizimini "nazoratga asoslangan boshqaruv"dan "o'rganuvchi va takomillashuvchi tizim"ga o'tkazishga xizmat qiladi. Xalqaro va mahalliy adabiyotlar tahlili asosida sifat menejmenti mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha konseptual modelning tarkibiy qismlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari umumiy o'rta ta'lim tizimida sifatni boshqarish jarayonini izchil, tizimli va dalillarga asoslangan yondashuv asosida tashkil etishning samaradorligini ko'rsatadi.