MINTAQAVIY INVESTITSIYA-INNOVASION JARAYONLARGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada mintaqaviy rivojlanishda investisiya va innovasiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi, ulargata’sir etuvchi iqtisodiy, institutsional, infratuzilmaviy, texnologik va ijtimoiy omillarning kompleks tizimi tahlil qilingan.Tadqiqot natijalari investisiya faolligi oshgani sayin innovasion salohiyat kuchayishi, texnologik yangilanish tezlashishiva mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning jadallashishini ko‘rsatadi. Model va tahlillar asosida boshqaruv sifati, infratuzilma rivoji,inson kapitali hamda raqamli texnologiyalar mintaqaviy innovasion muhitning asosiy determinantlari ekani aniqlangan.Maqola yakunida investisiya–innovasiya mexanizmlarini takomillashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ilmiysalohiyatni kuchaytirish va innovasiyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.