MARKAZLASHTIRILGAN DISPETCHERLIK TIZIMIDA POEZDLAR HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA AVTOMATLAR NAZARIYASIGA ASOSLANGAN INTEGRATSIYALASHGAN MATEMATIK MODEL
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada poezdlar harakatini real vaqt rejimida boshqarishning dolzarb muammolari tahlil qilinadi.Muqobil graf modeli va tabu qidiruv algoritmi yordamida poezdlar harakat jadvalini muvofiqlashtirish usullari ko‘ribchiqilgan. Shuningdek, formal avtomatlar nazariyasiga asoslangan Mili avtomati orqali marshrutlarni boshqarish jarayonimodellashtirilgan. Integratsiyalashgan model yordamida signal almashinuvi, xavfsizlik cheklovlari hamda poezdlarustuvorligini belgilash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv poezdlar kechikishini minimal darajagatushirish va markazlashtirilgan dispetcherlik tizimining ishonchliligini oshirish imkonini beradi.