Arab tilshunosligida ma'no, tuzilma va bayon nazariyasining shakllanishi Sakkokiy qarashlari asosida tahlil
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada arab tilshunosligi va balog‘at ilmidagi muhim nazariy masalalar, xususan, ma’no vagrammatik tuzilma o‘rtasidagi munosabat, morfologik o‘zgarishlarning nazariy asoslari hamda al-Sakkokiyning “Miftaḥal-ʿUlum” asarida bayon vositalarining talqini ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida tarjima qilingan manbalarasosida arab grammatikasi taraqqiyoti, ma’no kategoriyasining nutqning to‘g‘riligi va fasohatni ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek,Sakkokiy qarashlari bilan zamonaviy funksional nahv (Ahmad Mutavakkil) o‘rtasidagi nazariy tafovutlar yoritiladi.Manbalar tahlili klassik nahv olimlari ma’noni grammatik tuzilmaning muhim tarkibiy unsuri sifatida baholaganini ko‘rsatadi;bu yondashuv Mahdiy Maxzumiy va Nuhad Musa kabi zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan ham davom ettirilgan.Maqolada Sakkokiyning so‘zning asl shakli, ildiz harflari va ularning belgilanishi orqali ishtiqoq qonuniyatlarini asoslabberishi hamda uning bayon, ma’oni va badi‘ ilmlariga qo‘shgan hissasi ilmiy jihatdan izchil yoritiladi