Geometriya darslarida tarixiy materiallar asosida o'quvchilarning mustaqil ta'limini rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada geometriya fanini o‘qitishda tarixiy materiallardan foydalanishning ilmiy-metodik ahamiyatiyoritilgan. Unda Yevklid, Ptolomey, Gippax, al-Xorazmiy, Abu Vafo, Forobiy kabi qadimgi yunon va O‘rta Osiyo allomalarininggeometrik hamda trigonometrik qarashlari, ularning asarlarida bayon etilgan tushuncha, usul va yasashlarningzamonaviy geometriya ta’limi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqolada geometrik atamalarning lug‘aviy kelib chiqishi,Yevklid geometriyasining shakllanishi, trigonometrik jadvallarning yaratilish tarixi hamda Sharq olimlarining fan taraqqiyotigaqo‘shgan hissasi ochib berilgan.Shuningdek, 7–9-sinflar geometriya kursi mavzulari misolida tarixiy-geometrik masalalardan foydalanish orqali o‘quvchilarningmustaqil ta’lim faoliyatini faollashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tarixiy yondashuv asosida tashkil etilganmasala va yasashlar o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish, fan tarixiga qiziqish hamda matematikbilimlarni ongli o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Maqola geometriya fanini o‘qitishdatarixiy materiallardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi