BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA YASHIL OBLIGATSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Ushbu maqola barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yashil obligatsiyalarning iqtisodiysamaradorligini baholashga qaratilgan. Tadqiqotda yashil obligatsiyalar orqali jalb qilingan moliyaviy resurslarning atrofmuhitgaijobiy ta’siri va iqtisodiy rentabelligi tahlil qilingan, shuningdek, ularning investitsion jozibadorligi va moliyaviyrisklarga chidamliligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada global va mahalliy moliya bozorlaridagi yashil obligatsiyalar portfelimisolida ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmlari, qiymat yaratish jarayonlari hamda barqaror rivojlanishstrategiyalariga integratsiyasi batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil obligatsiyalar nafaqatekologik barqarorlikni ta’minlashda samarali vosita sifatida xizmat qiladi, balki investorlar uchun ham raqobatbardoshdaromad manbai bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, maqolada yashil obligatsiyalar bozorining rivojlanish tendensiyalari,ularni moliyalashtirish mexanizmlari va mavjud cheklovlar tizimli tarzda o‘rganilgan