DERMATOVENEROLOGIYA FANINI KLINIK - DIAGNOSTIK PEDAGOGIK METODLAR ASOSIDA O‘QITISHNING XORIJIY TAJRIBALARI TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu maqolada dermatovenerologiya fanini o‘qitish jarayonida talabalarning analitik tahlil kompetensiyasini rivojlantirish uchun klinik-diagnostik pedagogik metodlarning samaradorligi o‘rganiladi. Mamlakatimizda tibbiyot ta’limining yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi ahamiyati ortib borayotgan bir paytda, analitik fikrlash va tahliliy kompetensiya bo‘lajak shifokorlar uchun muhim kasbiy ko‘nikmalar sirasiga kiradi. Tadqiqotda dermatovenerologiya fanining o‘qitilishida klinik-diagnostik metodlar, ya’ni bemorlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish, diagnostik masalalarni yechish, amaliy mashg‘ulotlar va simulyatsiyalar orqali talabalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish usullari chuqur tahlil qilinadi.
Hali tarjima qilinmagan