MINTAQAVIY RIVOJLANISH INDIKATOR TIZIMINING AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot mintaqaviy rivojlanishni baholashda indikatorlar tizimining ilmiy-nazariy va amaliyahamiyatini ochib berishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda mintaqaviy rivojlanishni tavsiflovchi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik vainstitutsional indikatorlar tizimi tahlil qilinadi hamda ularning hududiy siyosatni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi.Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar tahlili asosida mintaqaviy rivojlanish indikatorlarining evolyutsiyasi, ularni baholashmexanizmlari va integrallashgan yondashuvlar umumlashtiriladi. Tadqiqot natijalari mintaqalararo tafovutlarni aniqlash,hududiy resurslardan samarali foydalanish hamda barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda indikatorlar tizimimuhim metodologik vosita ekanligini ko‘rsatadi.