TARIX FALSAFASI, SIVILIZATSIYA VA MADANIYAT
Annotatsiya
ushbu maqolada tarix falsafasining mazmun-mohiyati, sivilizatsiya va madaniyat tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tarixiy jarayonlarga nisbatan falsafiy yondashuvlar, ayniqsa, Sharq va G‘arb tafakkurida shakllangan sivilizatsion qarashlar tahlil qilinib, madaniyat taraqqiyoti tarix falsafasining muhim omili sifatida talqin etiladi. Muallif sivilizatsiyani jamiyat taraqqiyotining bosqichi, madaniyatni esa insoniyatning ma’naviy-ma’rifiy yutug‘i sifatida ko‘rsatib, ularning o‘zaro aloqadorligi va zamonaviy global jarayonlardagi o‘rnini yoritishga harakat qiladi. Maqola, shuningdek, tarixiy voqealarning madaniy merosga aylanishi va bu jarayonni falsafiy tushunish masalalariga e’tibor qaratadi.