Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MEVA MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY TAMOYILLARI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Prunus domestica L. turiga mansub besh xil olxo‘ri navining (Қора олу, Бертон, Венгерка фиолетовая, Венгерка домашняя, Супериор) meva rangi paydo bo‘lgandan keyingi pishish jarayonidagi sifat o‘zgarishlari 25 yoki 35 kun davomida o‘rganildi. Meva namunalari quyidagi parametrlar bo‘yicha tahlil qilindi: mevaning og‘irligi, qattiqligi, eruvchan quruq moddalar miqdori, meva rangi, shakarlar (glyukoza, fruktoza, sorbitol va saxaroza) miqdori, organik kislotalar (olma kislotasi, fumar kislotasi va shavel kislotasi) miqdori, fenol birikmalari miqdori. Fenol birikmalari miqdoriga pishish jarayoni ta’sir qilmadi. Tadqiqot natijalari navning quyidagi parametrlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi: meva og‘irligi, eruvchan quruq moddalar miqdori, qattiqlik, meva rangi, jami kislotalar konsentratsiyasi, jami fenollar va antotsianinlar konsentratsiyasi. Bu natijalar respublikamizning turli olxo‘ri navlari o‘rtasidagi farqlarni anglashda muhim ahamiyat kasb etishini asoslab berdi.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba