FUTBOLDA KINEMATIK TAHLIL YORDAMIDA HARAKAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqola yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini kinematik ko‘rsatkichlar asosida rivojlantirishga bag‘ishlangan. Futbolchilarning texnik harakatlari, jumladan, dribling, zarba va uzatmalar bo‘yicha kinematik ko‘rsatkichlar o‘rganilgan. Optimal harakat burchaklari va diapazonlari aniqlangan. Shuningdek, texnik harakatlarni takomillashtirish uchun maxsus mashqlar va usullar ishlab chiqilgan. Tadқиқot davomida olingan natijalar yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishga yordam beruvchi amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Ushбу методика yosh futbolchilarning texnik ko‘nikmalarini o‘yin sharoitida qo‘llash imkoniyatini oshirishга qaratilgan. Maqolada futbol mashg‘ulotlarida zamonaviy texnologik vositalardan, jumladan, 3D kameralar orqali kinematik tahlildan foydalanish ahamiyati ta’kidlangan.