OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH – DAVR TALABI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqola oziq-ovqat xavfsizligini global, mintaqaviy va milliy darajada tahlil qilib, aholining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi, pandemiyalar va iqtisodiy beqarorlik kabi omillar mahsulot ishlab chiqarish tizimlariga kuchli bosim o‘tkazayotganini ko‘rsatadi. Oziq-ovqat sifatini belgilovchi organoleptik, kimyoviy, mikrobiologik va gigiyenik mezonlar hamda zaharlanishning asosiy sabablari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. O‘zbekiston misolida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlari va eksport salohiyatining ortishi baholanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, resurslardan samarali foydalanish, texnologik yangilanish, qat’iy nazorat tizimi va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy omillari hisoblanadi.