ИММУНОГИСТОХИМИЯ В ДИАГНОСТИКЕ АНГИОФИБРОМЫ НОСОГЛОТКИ, ВОЗНИКАЮЩЕЙ ИЗ НОСОВОЙ ПОЛОСТИ
Annotatsiya
Yuvenil burun-xalqum angiofibroma va bosh suyagi asosi angiofibromasi (YBXAF va BSA) — kam uchraydigan, yaxshi sifatli qon tomirli o‘sma bo‘lib, asosan o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalarda rivojlanadi va burin bo‘shlig‘ining orqa qismlarida joylashadi. Kasallikning uchrash chastotasi taxminan har 150 000 aholiga 1 holatni tashkil qiladi. Ushbu obzor nazofaringeal angiofibromalarni, burin bo‘shlig‘i bilan cheklangan shakllarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning tarqalishi, klinik xususiyatlari va davolash usullarini baholashni maqsad qiladi. Ayniqsa, ushbu juda kam uchraydigan o‘smalarni tashxislashda immunogistokimyoviy tadqiqotlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Qon tomir endotelial o‘sish omili (VEGF) — vaskulogenez va angiogenezni rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan signal oqsili hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu oilaga mansub bo‘lgan bir necha oqsillar ma’lum. VEGF nazofaringeal angiofibroma patogenezida muhim rol o‘ynaydi, endotelial hujayralar proliferatsiyasini faollashtirish orqali yangi qon tomirlar hosil bo‘lishini ta’minlaydi, shu bilan birga ularda apoptozni kuchaytiradi, bu esa endotelioz va mikrovaskulit rivojlanishiga olib keladi. 80 nafar bemorda aniqlangan immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar P53 va VEGF antigenlarining ekspressiya darajasi bilan tavsiflanib, ular bir xil uchrash chastotasiga ega edi. Klinik tavsiflar bilan qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, asosiy va nazorat guruhlaridagi bemorlarda ham angiofibroma mavjud bo‘lgan hollarda VEGF va P53 ekspressiyasi kuzatilgan.