O'ZBEKISTON–2030 STRATEGIYASI: HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISH DOIRASIDA VILOYATLAR O'RTASIDAGI IQTISODIY TAFOVUTLARNI KAMAYTIRISH MASALALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada O'zbekiston hududlari o'rtasidagi iqtisodiy tafovutlarning mavjud holati, sabablari va ularni kamaytirish yo'nalishlari "O'zbekiston–2030" strategiyasi doirasida chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda aralash metodologik yondashuv qo'llanilib, rasmiy statistik ma'lumotlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar asosida iqtisodiy rivojlanishning hududiy dinamikasi baholangan. Deskriptiv statistika, varyatsiya koeffitsienti, korelyatsiya va qiyosiy tahlillar orqali viloyatlar kesimidagi YaHM, bandlik, investitsiya oqimi va infratuzilma rivojlanishidagi nomutanosibliklar aniqlangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, regional siyosatni kuchaytirish va hududlarning ichki salohiyatidan samarali foydalanish "O'zbekiston–2030" strategiyasining asosiy maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.