Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA TASHKIL ETILGAN TARMOQLAR FAOLIYATIDA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada O'zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmining rivojlanish holati, uning iqtisodiyotdagi o'rni hamda ilg'or xorijiy tajribalar asosida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda DXShning huquqiy asoslari, iqtisodiy samaradorlik omillari, risklarni taqsimlash va monitoring tizimining dolzarb masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Turkiya kabi mamlakatlarning DXSh tajribalari O'zbekiston amaliyoti bilan qiyoslab o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, DXShni yanada rivojlantirish uchun barqaror huquqiy muhit, mustaqil monitoring tizimi va xususiy sektor ishtirokini rag'batlantirish mexanizmlarini kuchaytirish muhim omil sifatida qayd etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba