Zararli dasturlarni aniqlashga qaratilgan yondashuvlar metodologiyasi
Annotatsiya
Ushbu maqola zararli dasturlarni aniqlashga qaratilgan yondashuvlar metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda kompyuterlar, smartfonlar va boshqa internetga ulangan qurilmalarning keng tarqalishi kibermakonni kiberhujumlarga nisbatan zaiflashtirmoqda. Zararli dasturlar faolligining keskin oshishi natijasida ularni aniqlashga qaratilgan turli xil usullarni takomillashtirish natijasida yangi usullarni ishlab chiqishga sabab bo‘lmoqda. Zararli dasturlarni aniqlashga qaratilgan yondashuvlar metodologiyasi ko‘ra, katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanadigan raqamli vositalarda asosan zararli dasturlardan himoyalanishda mashinali o‘qitish usullaridan keng foydalanilmoqda. Tadqiqotda oxirgi 5 yillik hamda 10 yillikda amalga oshirilgan hujumlar tahlil qilingan. texnologik, insoniy va tashkiliy xavf omillari ko‘rib chiqilib, ularning har biri tizimli tarzda tahlil qilingan. Ransomware va Adware sinfiga tegishli zararli dasturlar tahlili amalga oshirilgan. Zararli dasturlarni aniqlashga qaratilgan yondashuv sxemasi ishlab chiqilgan.