Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OTM TALABALARIDA IQTISODIY-HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI

Nigora GafurovaQo‘qon davlat universiteti stajyor o‘qituvchi, tayanch doktorant
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalari talabalarida iqtisodiy-huquqiy madaniyatni shakllantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlar, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, elektron tijorat, mehnat munosabatlari va kiberxavfsizlikka doir hujjatlarning talabalarda iqtisodiy va huquqiy savodxonlikni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Mazkur me’yoriy-huquqiy baza talabalarda iqtisodiy-huquqiy ong va mas’uliyatni shakllantirish uchun muhim asos yaratishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari kabi xalqaro yondashuvlar tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashuvi ochib beriladi. Tadqiqotda iqtisodiy-huquqiy madaniyatni rivojlantirishda pedagogik shart-sharoitlar — fanlararo integratsiya, konstruktivistik metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, huquqiy treninglar hamda raqamli ta’lim resurslarining o‘rni alohida ta’kidlanadi. Xulosalar talabalarda iqtisodiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish samaradorligi, me’yoriy-huquqiy asoslarning uzviyligi va tizimliligi bilan bevosita bog‘liqligini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba