Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IDA O‘SUVCHI ALLIUM TURKUMIGA OID ALLIUM PSKEMENSE VA ALLIUM KARATAVIENSE TURLARI PIYOZBOSHI VA TUGUNAK PIYOZBOSHINING MORFO-ANATOMIK TUZILISHI

Guljan M. DuschanovaF.A. AkramovaNizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi
2025en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Toshkent botanika bog‘ida o‘suvchi Allium turkumi endemik turlari, jumladan, Allium pskemense va Allium karataviense turlari piyozchasining anatomik tuzilishi o‘rganilgan va turga xos bo‘lgan diagnostik va adaptiv belgilar aniqlangan. Namunalar Toshkent botanika bog‘idan olingan bo‘lib, piyozchalar morfologik parametrlarga ko‘ra tahlil etildi va ularning kesmalari yorug‘lik mikroskopida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala tur piyozchasida bir nechta qog‘ozga o‘xshash quruq parda qatlamlari va ichki tomonda zich parenxima hujayralari mavjud. Allium karataviense tugunak piyozboshi pardalari qalin va sklerenxima qatlamlari bilan boy, Allium pskemense piyozboshida esa bu qatlamlar yupqa va kam rivojlangan ekanligi aniqlangan. Olingan anatomik ma’lumotlar Allium turkumi taksonomiyasida diagnostik belgi bo‘lib, mazkur belgilar Markaziy Osiyo endemik turlarining adaptiv xususiyatlarini o‘rganishda ahamiyat kasb etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba